Yoshlar ijod saroyida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi
06.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yarmarka Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida ishsiz va band bo‘lmagan xotin-qiz va yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida 452 ta korxona va tashkilot 2500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Ushbu yarmarkada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlar “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da jami 428 ta turli darajadagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkaga kelgan va axborot texnologiyalari yo‘nalishiga qiziqqan yoshlarga ish o‘rinlari, korxonalarda tashkil etilgan ish sharoitlari, ijtimoiy yordamlar va maoshlar haqida keng tushuntirishlar berildi.

Mutaxassisligi va talablarga mos keluvchi 139 nafar nomzodlarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etish uchun taklif etildi.

Yarmarka natijasi bo‘yicha 15 nafar nomzod 2020-yil 5-fevraldan ishga joylashtirildi va yana 4 nafari bilan 2020-yil 10-fevraldan ishga joylashtirish bo‘yicha mehnat shartnomalari tuzilishi kelishib olindi.

Ma’lumot uchun:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizim korxonalarida mavjud 428 ta bo‘sh ish o‘rinlarining 333 tasi Vazirlikning Toshkent shahrida joylashgan 22 ta korxonalari tomonidan hamda 85 tasi Vazirlikning hududlarda (Respublikaning boshqa viloyatlari) joylashgan korxonalari tomonidan taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq