Kollej talabalari uchun “O‘zbektelekom” AKning yangi Call-markaziga ekskursiya
06.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 3-fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi yangi Call-markazi — Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi (QXKYaM)ga tanishuv press-turini o‘tkazdi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad Kompaniya abonentlariga xizmat ko‘rsatish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv haqida yoshlarni xabardor qilishdir.

Press-tur davomida o‘quvchilarga tarixiy ma’lumotlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati hamda statistika ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yangi Call-markazning faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi.

Dastlabki telefon-ma’lumot xizmati Toshkentda 75 yil ilgari paydo bo‘lgan ekan. Uni oddiygina qilib «09 xizmati» deb atashgan. O‘sha paytda poytaxt telefon tarmog‘i 5 mingdan ortiq abonentga ega bo‘lgan. «09» xizmatida barcha ishlar qo‘lda bajarilgan: telefonistlar stolida hozirgi ixcham va qulay kompyuterlar o‘rnida maxsus kartotekalar joylashtirilgan, operatorlar ma’lumotlarni ana shu kartotekalardan qidirishgan, barcha ma’lumot-axborotlar faqat qog‘ozda aks ettirilgan.

2003-yildan operatorlarning ish joylari avtomatlashtirila boshlandi. 2009-yil aprel oyida «Protey» kompaniyasining uskunalari asosida «09 xizmati» takomillashtirilib, barcha xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy «Call-markaz»ga aylantirildi. Natija darhol namoyon bo‘ldi, chunki statistik ma’lumotlarni yaxshiroq hisobga olish va tahlil qilish orqali butun tizimning ish faoliyatini yaxshilashga erishildi.

Ma’lumot-axborot markazi negizida Intellektual platforma Call-markazi joriy etilishining eng muhim jihatlaridan biri, shubhasiz, axborot-ma’lumotlar xizmati doirasini kengaytirish va zamonaviy intellektual xizmatlarni joriy etish imkonining yaralishi edi.

Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi (QXKYaM)ni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bosqichlaridan biri bu butun respublika bo’ylab kengaytirish edi. 2014-yilda Respublika hududlarida 13ta Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazlari tashkil etildi. Har bir hududiy Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi 10ta ish o‘rniga va bir daqiqada 60dan ziyod qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkoniga ega.

“O‘zbektelekom” AK Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi kechayu kunduz faoliyat yuritadi. “O‘zbektelekom” AK Call-markazi nafaqat Kompaniya abonentlari qo‘ng‘iroqlariga xizmat ko‘rsatadi, balki autsorsing asosida davlat tashkilotlari, vazirliklar va yirik Kompaniyalarga kelib tushadigan murojaatlarni qayta ishlash bo‘yicha keng miqyosda faoliyat yuritadi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali oyiga 120 mingdan ortiq murojaat kelib tushadi.

Call-markaz tashkil etilgan vaqtda shtatlar soni 129 tani tashkil etgan. Bugungi kunda bu yerda 600 nafardan ziyod operatorlar faoliyat yuritadi. 2018-yilda operatorlar tomonidan 3 589 577 ta qo‘ng‘iroqlarga, 2019-yilda esa 13 701 085 ta qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatilgan. Bir kunda 40 mingdan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatiladi. 1009 xizmatining o‘zi bir oyda 400 mingdan ziyod abonentlar qo‘ng‘iroqlarini qabul qiladi. Call-markaz xizmatlariga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.

2019-yilning sentyabr oyida 254/255-ATSni yangi 242/249-ATS binosiga ko‘chirib o‘tkazish hamda mavjud bo‘lgan Qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazi uskunalarini kengaytirish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Call-markaz xodimlari uchun ishlash hamda xordiq chiqarishga barcha shart-sharoitlar yaratilgan: zamonaviy talablarga javob beradigan uskunalar va dasturiy ta’minotlar: qulay kompyuterlashtirilgan ish joylari. Yangi raqamli uskuna bir vaqtning o‘zida 3000 dan ortiq qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishi mumkin, bu esa qisqa vaqt ichida ko‘plab abonentlarga xizmat ko‘ratishga imkon beradi. Tezkor xizmat ko‘rsatish uchun yuradigan satrlar, axborot stendlari, fomeksdagi ORACLE, nurli qutilar va kompaniyaning barcha asosiy xizmatlarining logotiplari yozilgan bannerlar o‘rnatilgan.

Hozirgi vaqtda «O‘zbektelekom» AK «SvaXKM» filiali «Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish xizmati» quyidagi turli xizmatlar keng spektrini taqdim etadi:

  • Axborot-ma’lumotlar xizmati;
  • Telefonlar ta’miri byurosi – 1086;
  • Joriy kecha-kunduz uchun ob-havo ma’lumoti – 1001;
  • Aniq vaqt telefon – 1004;
  • Virtual ofis — 71 2008080;
  • Teleovoz berish;
  • Autsorsing;
  • Xabardor qilish;
  • «O‘z hisobingizni biling» — 1058;
  • Kontent-provayder xizmatlari;
  • Uzonline texnik ko‘magi – 1084;
  • Uzmobile texnik ko‘magi – 1099;
  • Telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish uchun onlayn ariza;
  • 1084, 1086 va 1099 xizmatlari bo‘yicha onlayn muloqot;
  • Karta platformasi 71-2381717

Yangi ofisga ekskursiya davomida talabalarga Call-markaz xizmatlari doimiy ravishda takomillashtirib borilayotgani, barcha biznes-jarayonlarni raqamlashtirish jarayoni faol davom etayotgani haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, xodimlar qanday tanlangani va o’qitilganligi haqida ham ma’lumot berildi. Kollej talabalari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi va barcha savollarga javoblar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq