IT-Parkning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining ikkinchi mavsumining startap jamoalari aniqlandi
05.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 1-fevral kuni Toshkentdagi Amity universitetida IT-Parkning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun Pitch Day boʻlib oʻtdi va unga asosan Maslahat kengashi tomonidan 23 ta jamoa tanlab olindi.

IT-Parkning maslahat kengashi tarkibiga quyidagilar kiradi:

– Farhod Ibragimov – IT-Park Uzbekistan direktori;

– Abdulahad Qoʻchqorov – IT-Parkning innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari;

– Usmon Rahimjonov – “Startap-Tashabbus” loyihasi koordinatori;

– Aziz Rahimov – mamlakatning yetakchi IT-maslahatchisi;

– Akmal Solihov – VRonica kompaniyasi asoschisi;

– Rustam Hamdamov – Billz kompaniyasi rahbari.

Pitch Day – bu axborot texnologiyalari sohasidagi yangi tadbirkorlar oʻz loyihalarini taqdim etishlari mumkin boʻlgan tadbirdir. Har bir maʼruzachiga taqdimot uchun 5 daqiqa, savol-javob sessiyasiga 3 daqiqa vaqt beriladi.

Tadbirning asosiy maqsadi IT-Parkda tajribali murabbiylar va mentorlar yordamida uch oy davomida oʻqitiladigan startap jamoalar sifatida eng istiqbolli va raqobatbardosh loyihalarni tanlab olishdir.

Ariza bergan 169 ta jamoa orasidan jami boʻlib 49 ta jamoa Pitch Dayʼda qatnashdi. Maslahat kengashi jamoalar tomonidan oʻtkazilgan qator taqdimotlardan soʻng 23 ta jamoani tanlab oldi:

Inkubatsiya dasturi uchun 9 ta jamoa tanlab olindi:

1. Smart City – Monitoring va tezkor taʼsir javobini qaytarish, shuningdek maʼlumotlarni toʻplash va yaratish tizimi.

2. Biznes Sarbon – tadbirkorlar va investorlar uchun mobil ilova.

3. Uzcourier.uz – onlayn tizim xizmatlari orqali yetkazib beruvchilar va ijrochini bogʻlaydigan platforma. Yetkazib berish xizmati uchun buyurtma soʻrovlarini tez va samarali joylashtirish va shu bilan birga buyurtmalar uchun soʻrovlarni yetkazib beruvchilar tomonidan tezkor qabul qilinishi imkonini beradi.

4. Icontract – buyurtmachilarga har qanday sohadagi mahalliy mutaxassislar bilan har qanday miqyosda IT loyihalarni yaratish va amalga oshirishda muvaffaqiyatli hamkorlik qilish imkonini beradigan platforma. Mazkur ilovaning qulayligi shundaki, bir-birining xizmatlariga ehtiyoj sezadigan barcha sohalarning vakillari bir joyga toʻplanishadi va bu ularga oʻz loyihalari uchun kerakli odamlarni osongina topishga yordam beradi.

5. Officebank – bu biznesga buxgalteriya hisobi, moliyaviy operatsiyalar, soliq hisobotlari, banklar bilan oʻzaro aloqa qilish, web va mobil ilova orqali uchinchi tomon xizmatlarini olishga imkon beradigan xizmat.

6. Mammo Cancer AI – u ishlab chiqarayotgan mahsulot sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda rentgen tasvirlarini tahlil qilishga moʻljallangan va u shifokor turli sabablar (aniqlash qiyin boʻlgan hududlar, shifokorlarning charchashi va xato omili) tufayli aniqlay olmagan koʻkrak bezi saratonini aniqlashga qodir. Bu oʻz navbatida shifokorlarga saratonning turi va joylashishini koʻrsatib, aniq va toʻgʻri tashxis qoʻyishga yordam beradi.

7. CareerHUB – “Virtual Karyera Markazi”, bu Oʻzbekistonning barcha talabalari va ish beruvchilarini birlashtiradi. Mazkur mahsulot ish beruvchilarga talabalarning ulkan maʼlumotlar bazasiga, har bir talaba/bitiruvchining ilmiy va kasbiy hamda ijtimoiy yutuqlari aks ettirilgan alohida profiliga kirish imkonini beruvchi platforma hisoblanadi.

8. TOP – Professionals in Uzbekistan – mutaxassislar va foydalanuvchilarni bogʻlaydigan mobil ilova. Unga koʻra Professionallar oʻzlarining reytinglari va shaxsiy profillariga ega boʻladilar va u sayt oʻrnini bosadi.

9. Degusto.uz – barch xohlovchilarga 1 km radiusda joylashgan kichkina oshxonalar va kichik anʼanaviy umumiy ovqatlanish shahobchalari haqida maʼlumot beradigan platforma.

Akseleratsiya dasturi uchun 14 ta jamoa tanlab olindi:

Webclass Online School – masofaviy taʼlim olish uchun onlayn platforma va u jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarning taʼlim olishi uchun sharoit yaratishga imkon beradi, oʻqituvchilarga qoʻshimcha daromad olishga va imkoniyati cheklangan aholining ish bilan taʼminlanishiga yordam beradi.

2. Asistent.uz – bulutli buxgalteriya xizmati. Mazkur xizmat buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishga, hisoblarni chiqarib olishga, ombor, pul mablagʻlari, kadrlar samaradorligi hisobini yuritishga va hisobotlarni toʻplashga imkon beradi.

3. Osto – OSTO – Internetda kerakli tovarlarni qidirayotgan millionlab yashirin xaridorlar koʻrishi mumkin boʻlgan Oʻzbekistondagi tovarlar va savdo nuqtalarining onlayn platformasi. Loyiha beshta mahsulot toifasi uchun moʻljallangan. Bular kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar, kosmetika va uy uchun interyer buyumlari.

4. Marta.uz – EMV standartidagi barcha kartalarga mos keladigan toʻlov kartalari uchun mini Point-of-sale terminallarining mobil ekvayring xizmati, bu klassik terminallarga nisbatan bir qator raqobatdosh ustunliklarga ega.

5. LockerPost – joʻnatmalarni yetkazib berish xizmati, unda qabul qiluvchining pochta manzilini koʻrsatish shart emas. Unga koʻra mobil ilova yordamida foydalanuvchi aloqa nomini tanlab, joʻnatma maʼlumotlarini kiritishi kerak boʻladi. Joʻnatma qabul qiluvchining pochta boʻlimiga yetkazilgunga qadar, ikkala tomon ham joʻnatmaning yetkazilish holatini ilovada kuzatishi mumkin.

6. Revizor – biznes egalari uchun qayta aloqa platformasi. U biznes egalariga haqiqiy sharhlar asosidagi tahlillarni olishga yordam berish uchun moʻljallangan xizmatdir.

7. CreditClub – masofadan turib xizmat koʻrsatadigan onlayn kredit brokeri. Xizmat matematik va statistik formulalar asosida har bir qarz oluvchi uchun eng mos kredit takliflarini tanlab beradi. “1-day loan service” xizmati qarz oluvchilarga 1 kun uchun qarz olishga yordam beradi.

8. Uzbekistan360.uz – mamlakatimiz aholisi va mehmonlariga muayyan joylar va tashrif buyurish uchun qiziqarli boʻlgan diqqatga sazovor joylar haqida batafsil maʼlumotni olish imkoniyatini beradigan platforma. Unda onlayn tartibida u yerdagi barcha goʻzalliklarni 360 ̊ sferik panorama formatida koʻrish, muayyan joylar boʻylab harakatlanib 3D turni amalga oshirish mumkin.

9. Fabixx – Telegramdagi marketpleys uchun tayyor yechimlarga ega telegram-botlarga asoslangan onlayn-doʻkonlarning qulay konstruktori.

10. Verifix – ish vaqti hisobi, xodimlarni boshqarish va kompaniya va uning xodimlarining xavfsizligini hisobga olish tizimidir. U savdo nuqtalarida tashrif buyuruvchilarning monitoringini oʻtkazish, kompaniyadagi har qanday СКУД-tizimlariga ulanish va xavfsizlik boʻlimining barcha jarayonlarini bitta tizimda boshqarish imkoniyatini beradi.

11. Doc1.uz – yuqori malakali shifokorni joylashgan hudud boʻyicha topish, shuningdek tashrif buyurishda bonus va chegirmalar olish imkoniyatini beradigan xizmat.

12. Prep.uz – Onlayn video kurslar uchun platforma. Hozirgi vaqtda loyihada yuqori malakali oʻqituvchilar tomonidan tayyorlangan 2000 dan ortiq video darslar, 50 ming dan ortiq roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar va video kurslar va onlayn testlardan pulli foydalanuvchi 10 mingdan ortiq foydalanuvchilar mavjud.

13. Uzopto.uz – B2B platformasi, u smartfonlar orqali distribyutorlardan tovarlarni buyurtma qilishga yordam beradi. Doʻkon egalari oʻzlarining doʻkonlariga kerak boʻlgan mahsulotlarni topish, turli yetkazib beruvchilardagi belgilangan narxlarni taqqoslash va savdo agentlarini kutmasdan mahsulotlarga buyurtma berish uchun ilovadan foydalanadilar.

14. Shaxcar – “magicar” tizimining oʻzbek tilidagi takomillashtirilgan loyihasi.

Barcha jamoalar bilan shartnomalar imzolanadi va ular shu yilning fevral oyi oʻrtalaridan boshlab IT-Park qanoti ostida oʻz mashgʻulotlarini boshlashadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq