Surxondaryo viloyatida joylashgan Mehribonlik uyiga komp’yuter jamlanmalari berildi
04.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Davlatimiz rahbarining yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini hayotga joriy etish ishlari respublikaning barcha hududlarida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirib kelinmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar o‘rtasida komp’yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” bo‘yicha tadbirlar doirasida respublikadagi barcha shahar va tumanlarda xayriya aksiyalari o‘tkazilmoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-son Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini, komp’yuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Vazirlikning sovg‘alari — zamonaviy komp’yuter jamlanmalari, futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka, bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar va boshqa sport anjomlari Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi vakillari tomonidan tantanali ravishda taqdim qilindi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ko‘tarinki kayfiyati va hursandchiligi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida bu kabi xayrli amallarning bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq