Hokimliklar mas’ullari uchun o‘quv-seminar
03.02.2020
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari ishtirokida malaka oshirish o‘quv-seminarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov ma’ruza qilib o‘quv-seminari ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda ma’ruza qilgan AKT vaziri Sh.Sodiqov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning parlamentga 2019-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2020-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasi butun xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinganini va Murojaatda mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari, xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan dolzarb masalalar o‘z aksini topganini ta’kidladi.

O‘quv-seminarida Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, inson faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirishda mahalliy hokimliklarning dolzarb vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilari bilan bo‘lib o‘tgan seminar ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq