«Future Muynak» IT–markazi va «Book-Cafe» ob’ektlarida TATU Nukus filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam seminar-treninglar tashkil etilib kelinmoqda
03.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Mo‘ynoq yoshlarining internet va kompyuter texnologiyalari sohasi bo‘yicha bilimlarini oshirish va ularga qo‘shimcha zamonaviy talim berish maqsadida tumanda 2019-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining tashabbusi bilan «Future Muynak» IT–markazi va «Book-Cafe» ob’ektlari foydalanishga topshirilgan edi.

Joriy yilning 27-yanvar kuni TATU Nukus filiali direktori B.Kaipbergenov va filial professor-o‘qituvchilari Mo‘ynoq tumanidagi mazkur markazlar ishlari bilan tanishdi va to‘garaklarda talim berayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy talim tizimlari, uslublari hamda faoliyat natijalari yana o‘rganildi.

Shuningdek, o‘qituvchilar va o‘quvchilar takliflari asosida qilinishi zarur bo‘lgan rejalar belgilab olindi.

Bugungi kunda IT–markazida 2D-grafik, 3D-modellashtirish, animatsiya va veb-dizayn, dasturlash, foto rasmlarni qayta ishlash yo‘nalishlari bo’yicha Mo‘ynoq yoshlari o‘qitiladi. «Book-Cafe» orqali yoshlar adabiy-ilmiy kitoblardan keng foydalanish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, markaz trenerlari uchun TATU Nukus filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam seminar-treninlar tashkil etilib kelinmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq