O‘zbekiston va Qozog‘iston texnoparklari memorandum imzoladi
02.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

31-yanvar kuni Qozog‘istonning— Olmaota shahrida «DIGITAL ALMATY 2020» Forum doirasida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrif davomida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi delegatsiya Qozog‘istonning Innovatsion texnologiyalar parki (Tech Garden)ga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi.

Forum doirasida O‘zbekistonning Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) hamda Qozog‘istonning Innovatsion texnologiyalar parki o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandumni Qozog‘iston Innovatsion texnologiyalar parki rahbari Asqar Sembin va IT-park direktori Farhod Ibragimovlar imzoladi.

Ushbu memorandum boshlang‘ich ekotizimni rivojlantirish sohasida tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tavsiyalar ishlab chiqish, bilim, tajriba va innovatsion yechimlar almashishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq