O’zbek kibersporti tarixidagi hokimiyat bilan tuzilgan birinchi katta hamkorlik yo’lga qo’yildi
31.01.2020
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

Esports Uzbekistan Uchtepa tuman hokimiyati bilan birgalikda kibersportni rivojlantirish yo’lida hamkorlik qiladi. Xabaringiz bor, O’zbekistonda kibersportni rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish va xalqaro arenalarda mamlakat sharafini munosib himoya qilish maqsadlari yo’lida Esports Uzbekistan bosqichma-bosqich o’z loyihalarini amalga oshirmoqda.

Kuni kecha Federatsiya rahbariyati va Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligi mutasaddilari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda qatnashgan Federatsiya rahbari Azizbek Pattaxov hamda Uchtepa tumani hokimi Farxod Abdullayev yangi loyihalar yuzasidan bir qator masalalarda kelishuvlarga erishishdi. Esports Uzbekiston tomonidan tuman hududida kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish yuzasidan berilgan takliflar hokimlik tomonidan qo’llab-quvvatlanishi va buning uchun kerakli barcha shart sharoitlarni amalga oshirish hamda doimiy ravishda federatsiya loyihalarining amalga oshirilishida amaliy yordam ko’rsatilishi xususida kelishib olindi. Bu o’zbek kibersporti tarixida hokimiyatlarning kibersportni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ilk hamkorlik dasturi hisoblanadi va bunga birinchi bo’lib Uchtepa hokimiyati qo’l urdi.

Kelgusida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan muhim 5 ta tashabbus doirasida katta loyihalar amalga oshirilishi kelishib olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq