Amiti universiteti talabalari bilan ochiq muloqot
31.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishi muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarilganini namoyon etdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari bilan tashkil kilingan davra suhbati ana shu uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B. Olmatov talabalar bilan uchrashuvda xalqaro maydonda va yurtimizda axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan talab va taklif ortib borayotgani, yuksak raqamli texnologiyalar barcha sohalarni asta-sekin qamrab olayotgani, bu jarayonda Amiti universiteti talabalarining o‘rni va roli muhim bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Ayni vaqtdagi eng muhim yo‘nalish bu — axborot texnologiyalari sohasiga yetuk kadrlarni tayyorlash,taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish jarayoni ustida ish ketmoqda. Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi doirasida bu yerda qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ochiq muloqotda talabalalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar. Davra suhbatida talabalarning nazariy jihatdan yaratilgan dasturiy mahsulotlarini amaliyotga tatbiq etishdan tortib, magistratura yo‘nalishi bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarga aniqlik kiritildi. Ushbu ochiq muloqot talaba yoshlarning o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashi, yuksak bilimlarni chuqur o‘rganishlari uchun yana bir turtki bo‘ldi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq