AKT vaziri Xalqaro elektraloqa ittifoqining Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi direktori bilan uchrashdi
31.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

31-yanvar kuni Qozog‘istonning— Olmaota shahrida «DIGITAL ALMATY 2020» Forum doirasida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Xalqaro elektraloqa ittifoqining Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi direktori Dorin Bogdan-Martin xonim bilan uchrashdi.

O‘zbekiston XEIning uchta sektori tashabbuslarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat organlari, xususiy tuzilmalar va akademiyalarni jalb qilgan holda ish olib bordi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda XEI texnik ko‘magi bilan qator mintaqaviy tashabbuslar amalga oshirildi.

Jumladan:

— qishloq va chekka hududlardagi telekommunikatsiya ob’yektlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash;

— XEIning Moskvadagi mintaqaviy byurosi va MDH mamlakatlarida o‘rtasida videokonferensaloqa tarmog‘ini yaratish;

— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun Cisco o‘quv jihozlarini yetkazib berish va boshqalar.

Uchrashuvda, bundan tashqari, yosh avlod uchun robototexnika sohasidagi markaz yaratish loyihasini amalga oshirishdan manfaatdorlik bildirildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston IT-parkida yosh avlod uchun robototexnika markazini tashkil etish uchun XEI texnik yordamini ajratish to‘g‘risidagi bitim loyihasi tayyorlangan va ushbu loyihaning qiymati 75 ming dollarni tashkil etadi.

Uchrashuvda Dorin Bogdan-Martin xonimga 2020-yil 26-27-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlikning Aloqa ma’murlari rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish taklifi bildirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq