Yashirincha olib kelinayotgan “dron” manzilga yetib bormadi
30.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mamlakatimizga olib kirilishi taqiqlangan tovar moddiy boyliklarini noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona xodimlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sirdaryo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga kirib kelgan avtoulov inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona ko‘rigidan o‘kazildi.

Tekshiruv natijasida xorijiy davlat fuqarosi M.X. qo‘l yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmasdan va deklaratsiyalamasdan uchuvchisiz uchish apparatini yurtimizga olib kirishga uringanligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq