Toshkent shahrida tahsil olayotgan bir guruh yoshlar IT-Park faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
30.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishi muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarilganini namoyon etdi.

IT-Parkga talaba yoshlarning tashrifi ana shu uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Ayni vaqtdagi eng muhim yo‘nalish bu — Axborot texnologiyalari sohasiga yetuk kadrlarni tayyorlash. Chunki, dunyo bo‘ylab kun sayin yangi va yangi texnologiyalar, jahon iqtisodiyotining raqamlashtiriluvi va boshqa ko‘plab omillar soha oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B. Olmatov Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyi o‘quvchilari, TATU faol talabalariga jahon maydonidagi yuksak texnologiyalarga oid tendensiyalar, yoshlarimizning mustaqil va qat’iy yondashuviga ega bo‘lishi muhimligi, ma’naviy va jismonan barkamol bo‘lib yetishishlari, zamonaviy yuqori texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratishi lozimligini ta’kidladi.

Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi doirasida bu yerda qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng, talaba–yoshlar Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki — IT-Park faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. IT-Park mutaxassislari tomonidan o‘tgan bir yil davomida amalga oshirilgan loyihalar, kelgusidagi yuksak rejalar xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq