Hindiston va Singapur bilan smart texnologiyalar sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
30.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Hindistonning Routern.com kompaniyasi hammuassisi va boshqaruvchisi Chantrakant Sharma va Singapurning BINARYFLUX kompaniyasi bosh maslahatchisi Tripazi Suyash aʼzoligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi. Hindistonlik hamkorlarni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov qabul qildi.

Suhbat davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt va kiber xavfsizlikni rivojlantirish, texnologiyalar transferi borasidagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda shuningdek vazirlik va kompaniya oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan yangi qurilayotgan vazirlik binosini eng zamonaviy smart texnologiyalar bilan jihozlash masalalari muhokama qilindi.

Routern.com kompaniyasi hammuassisi va boshqaruvchisi Chantrakant Sharma Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilgʻor texnologiyalar markazida yosh olimlarga katta maʼlumotlar bilan ishlash (How big data analytics works?), kiberxavfsizlik (What are the consequences of weak cyber security), sunʼiy intellekt (Artificial Intelligence), startap loyihalari va biznes reja tuzish (How to find a solution and make business plans), 3D va virtuallik reallik dasturlari (AR&VR) boʻyicha trening oʻtkazdi.

Kunning ikkinchi yarmida NAPA texnoparkiga tashrif buyurildi, texnoparkdagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi va kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tashrifning uchinchi kuni delegatsiya aʼzolari Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan qabul qilindi. Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt va kiber xavfsizlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish va texnologiyalar transferi borasida suhbat olib borildi. Uchrashuvda shuningdek vazirlik va kompaniya oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, vazirlik binosini eng zamonaviy smart texnologiyalar bilan jihozlash masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlash joizki, 2019-yilning 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasining Routern.com kompaniyasi oʻrtasida sunʼiy intellektni rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni yaratish va transfer qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Singapurning BINARYFLUX kompaniyasi oʻrtasida ilmiy-innovatsion faoliyatga informatsion texnologiyalar sohasidagi innovatsion ishlanmalarni joriy qilish va transfer qilish boʻyicha memorandum imzolangandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq