«Yangi Oʼzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz!» shiori ostida brifing bo’lib o’tdi
29.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda «Bir million o’zbek dasturchisi» loyihasini ham yoshlarga keng miqyosida tanishtirish maqsadida «Yangi Oʼzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz!» shiori ostida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda yoshlarning ishsizligi oldini olish maqsadida «Freelancer» hamda «Outsourcing» xizmatlarini tizimli yo’lga qo’yish va yagona soatbay, kunbay ishlarini o’ziga qamrab olgan vebsaytni yaratishga qaratilgan.

Ushbu brifingda Universitetning «Dasturiy injiniringi» fakulteti yoshlar yetakchisi Jamshid Sobirov o’zining «Hi Work» loyihasi bilan yig’ilganlarni tanishtirib o’tdi va kelgusida ushbu loyihani amaliyotga tatbiq qilish bo’yicha keng muhokamalar amalga oshirildi.

Yoshlarning bandligiga qaratilgan brifingda 30 nafardan ortiq Oliy ta’lim muassasasida axborot kommunikatsiya texnologiya yo’nalishida tahsil oluvchi va dasturchi yoshlar ishtirok etdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq