Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman Mehribonlik uyiga kompyuter jamlanmalari berildi
29.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ish olib borilmoqda.Tashabbusni hayotga tatbiq etish doirasida bir qator xayrli tadbirlar ham amalga oshirilyapti.

Xususan, vazirlik tomonidan 2020-yil 28-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida joylashgan 1-son Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini, kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Vazirlikning sovg‘alari — zamonaviy kompyuter jamlanmalari , futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka, bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar va boshqa sport anjomlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi vakillari tomonidan tantanali ravishda taqdim qilindi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ko‘tarinki kayfiyati va xursandchiligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida bu kabi xayrli amallarni bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq