Poytaxtning “Iftixor” mahallasi yoshlari Toshkent teleminorasida
28.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Prezidentning yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlari asosida mahalla yoshlarining Toshkent teleminorasiga sayohati uyushtirildi.

Bu kabi tadbirlarda davlatimiz rahbarining 2019-yilning 27-dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabdagi yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvidan kelib chiqadigan vazifalar ham muhokama etilmoqda. Ana shu vazifalar ijrosidan kelib chiqib, 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shaxar hududiy boshqarmasi hamda Toshkent Radioaloka, radioeshittirish va televideniye markazi hamkorligida Yunusobod tumanidagi “Iftixor” MFY xududida istiqomat qiluvchi 55 nafar yoshlar Toshkent teleminorasida “Yoshlarni televideniye va radio aloqasiga qiziqishlarini oshirish”ga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu tadbir doirasida yangi zamonaviy raqamli teleradioeshittirish qurilmalari bilan tanishtirish, kompyuter savodxonligini oshirish va Toshkent teleminorasiga bepul sayohat uyushtirildi.

Yoshlarga teleminoraning qurilish tarixi, zamonaviy teleradioeshittirish qurilmalari, kompyuter texnologiyalari va ulardan samarali foydalanish haqida tegishli mutaxassislar tomonidan so‘zlab berildi. Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3- yo‘nalishi doirasida bu yerda qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.Shundan so‘ng teleminoraning 100 va 110 metr balandlikdagi tomosha maydonchasiga sayohat uyushtirildi.

Tashkil etilgan uchrashuv natijasida yoshlarning axborot texnologiyalari va chastotalar sohasiga bo‘lgan qiziqishi ortdi va ularda ushbu kasbga oid ijobiy tushunchalar shakllantirildi.

Ma’lumot uchun:

Toshkent teleminorasi takrorlanmas noyob arxitektura inshooti bo‘lib, bugungi kunda respublikada hamda Markaziy Osiyoda yagona va eng baland inshoot hisoblanadi. Toshkent teleminorasi 1991-yilda Dunyoning buyuk minoralari Federatsiyasi safiga kiritilib, dunyoning 200 dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallagan. Bugungi kunda balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasi Markaziy Osiyoda eng baland va MDH davlatlari teleminoralari orasida esa, Ostankinodan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari televideniye va radiodasturlarini uzatishdan iboratdir. Shuningdek, teleminora noyob me’moriy bino sifatida mahalliy va chet el mehmonlari uchun tomosha qilish majmuasi hisoblanadi.

Bu yil 15-yanvarda Toshkent teleminorasining foydalanishga topshirilganligiga 35 yil to‘ldi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6-yil davomida qurib bitkazilgan. Toshkent teleminorasi 1985-yilning 15-yanvarida ishga tushirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq