“O‘zkomnazorat” va “O‘zbekiston pochtasi” AJ hamkorligida pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini qabul qilish hamda to‘lash yo‘nalishida qoidabuzarliklar profilaktikasi olib borilmoqda
28.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 21-yanvar kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ rahbariyati tomonidan Urganch shahrida pochta xodimlari tomonidan pul mablag‘larining kamomadi va o‘zlashtirish holatlari kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Makzur tadbirda “O‘zbekiston pochtasi” AJ Xorazm filiali va uning tuman (shahar) pochta aloqasi bog‘lamalari hamda barcha pochta aloqa bo‘limlarining 170 nafar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, “O‘zkomnazorat” Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi va viloyatdagi tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etishdi.

“O‘zkomnazorat” Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan ishtirokchilarga ko‘rsatilayotgan pochta xizmatlari sifati buzilishi holatlari va ularning oqibatlari shuningdek kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq