Kundalik kompaniyasi o‘qituvchilar uchun mobil ilova ishlab chiqdi
28.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Pedagoglar bepul ilova yordamida hatto internetga ulanmasdan turib ham, sinf jurnalini to‘ldira oladilar.

Tarmoqqa ulanish faqat ish kuni oldidan, eng so‘nggi ma’lumotlar mavjud jurnal va dars jadvalini yuklash, shuningdek, ish kuni oxirida, o‘qituvchi dars davomida telefonga kiritgan ma’lumotlar tizim bilan sinxronlashishi uchun zarur bo‘ladi. Internetga ulanmasdan turib ham baholar qo‘yish va davomatni qayd etish, uy vazifasi berish va hatto sinflar uchun e’lonlar chop etish mumkin.

“Biz elektron jurnal bilan ishlash o‘qituvchilar uchun maksimal darajada qulay bo‘lishi va pedagoglar undan darsning o‘zida foydalana olishlarini istaymiz. Qo‘pchilik maktablarda internet faqat o‘qituvchilar xonasida mavjud, biz ilovani ishlab chiqishda bu jihat va foydalanuvchilarning xohishlarini hisobga oldik”, – deb ta’kidlaydi, Kundalik tizimining matbuot kotibi Malika Reymbayeva.

Hozirda ilovadan Android operatsion tizimi asosida ishlovchi qurilmalarda foydalansa bo‘ladi. Ilovani PlayMarket dan yuklab olish mumkin.

Ilovadan qanday foydalanishga doir batafsil yo‘riqnoma taqdim etilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq