Urganch va Buxoroda IT-Park filiallarining qurilishi boshlanmoqda
27.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 23-24 yanvar kunlari IT-Park vakillari, IT-Markazlar direktori Nodir Alibekov va qurilish boʻyicha maslahatchi Yoqut Gokxan IT-Park filiallarining kelgusi infratuzilmasi rejasini muhokama qilish uchun Urganch va Buxoroga tashrif buyurishdi.

Urganch shahrida Urganch shahri hokimi Shuhrat Abdullaev va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Zafar Karimov bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Buxoroda Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Botirjon Shaxriyorov va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Faxriddin Allaev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ishchi guruhlar filiallar qurilishini boshlash uchun IT-Parkning texnik topshiriqlariga muvofiq, mezonlarga mos keluvchi hududlar orasidan maksimal darajada mos keladigan yer maydonlarini aniqlash uchun bir nechta joylarga tashrif buyurishdi.

Eslatib oʻtamiz, IT-Parkning boʻlajak filiallari 20 qavatdan iborat boʻladi va ularda ofis xonalari, oʻquv xonalari, IT-markazlar, VR/AR laboratoriyalari, 3D dizayni va nashri studiyasi, robototexnika va kibersport uchun xonalar, biznes-inkubator, kovorking markazlari, ivent-hududar va shu kabi boshqa koʻplab xonalar joylashadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq