Oʻzbekiston jamoasi “RoboFest 2020” xalqaro tanlovida sovrinli oʻrinni egalladi!
25.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 22-23 yanvar kunlari Quyi Novgorodda “RoboFest 2020” xalqaro koʻrik-tanlovining mintaqaviy bellashuvlari boʻlib oʻtdi, unda dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etdi.

Oʻzbekistonning “Uz_robo_Up” jamoasi yunior-katta guruhida muhandislik loyihasi yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, “RoboFest 2020” koʻrik-tanlovining final bosqichiga chiqdi. Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Suxrob Haydarov (IT-Centers murabbiyi), Rashid Rashidov, Bektemir Miroʻktamov, Jafar Orifjonov ishtirok etishdi. Jamoa bosh murabbiyi Ozodbek Xoʻjayev boʻldi.

“Uz_robo_Up” jamoasi agrosanoat majmuasi loyihasini taqdim etdi. Loyiha bir vaqtning oʻzida sigirlar, qoʻylar va qoʻchqorlar, tovuqlar, quyonlar va otlar kabi koʻplab qishloq xoʻjaligi hayvonlarini avtomatik qurilmalar yordamida parvarish qilish tizimini taklif etadi. Mazkur loyihaning barcha funksiyalari toʻliq avtomatlashtirilgan va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi: boqish, sogʻish tizimi, 2 fraksiya boʻyicha goʻngni tozalash, goʻng-oʻgʻitlash tizimi.

Eslatib oʻtamiz, Suxrob Haydarov Navoiy shahridagi IT-Centerʼda robototexnika sohasida faoliyat olib borayotgan 15 yoshli murabbiy boʻlib, u oʻzining “Aqlli katak” va “Robot Maks” kabi IT-mahsulotlarini yaratganligi bilan tanilgan.

“ROBOFEST” – Yevropadagi eng yirik festival va dunyo boʻyicha eng yirik festivallardan biri boʻlib, u har yili oʻzlarining noyob dasturiy ishlanmalarini namoyish etadigan ilmiy-texnik ijodkorlikning 6 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi ishtirokchilarini toʻplaydi. Bu nafaqat robototexnika musobaqalari, balki taʼlim, oʻyin va koʻngilochar dasturlar: taqdimotlar, master-klasslar, interfaol maʼruzalar uchun ham platformadir. Anʼanaviy festival doirasida biznes-dasturlar, dasturning hamkorlari va resurs markazlari uchun tanlovlar tashkil qilinadi, maktab oʻquvchilari uchun sayohatlar oʻtkaziladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq