Hindistonlik mutaxassis katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlash, axborot xavfsizligiga oid turli maslalar hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlashda foydalanish mavzusida ma’ruza qildi
25.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
23–yanvar kuni Hindistonlik mutaxassis, “Routers.com” kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchisi Chantrakant Sharma hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlash, bu sohada mavjud muammolar va ularni yechimi, axborot xavfsizligiga oid turli masalalar hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlashda foydalanish, ularni biznesda qanday amalga oshirish to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Chantrakant Sharmaning ma’ruzasi orqali universitet professor – o‘qituvchilari va talabalari sun’iy intellekt va katta hajmli ma’lumotlar texnologiyalarining qanday integratsiya qilish, axborot xavfsizligiga oid bo‘lgan IP bloklash, DarkWeb, xabarlarni aniqlash usullari, blokcheyn texnologiyalari, deep learning, spam xabarlarni qanday filtrlash mumkinligi haqida batafsil bilib olishdi.