“Al-Xorazmiy avlodlari” nomli tanlov bo‘lib o‘tdi
25.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Davlatimiz rahbarining yoshlar ta’lim tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini hayotga joriy etish ishlari respublikaning barcha hududlarida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirib kelinmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” bo‘yicha tadbirlar doirasida respublikadagi barcha shahar va tuman markazlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari, axborot texnologiyalari bo‘yicha to‘garaklar bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Ko‘rik tanlovda 32 nafar yoshlar kompyuter dasturlash hamda kompyuter sporti (Kibersport) yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, faol ishtirok etdilar.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Sirdaryo viloyati filialida ilk bor “Al-Xorazmiy avlodlari” nomli kompyuter texnologiyalari va internet savodxonligi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Veb-dizayn asoslari, Kibersport va Robotexnika yo‘nalishida o‘tkazilgan tanlovda eng kuchlilar aniqlandi. Tanlov ishtirokchilariga kompyuter grafikasi asoslari, operatsion tizimlar va ofis ilovalarida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, kompyuter va internet tarmog‘idan samarali foydalanish va axborot xavfsizligining umumiy tushunchalari borasida mutaxassislar tomonidan master klasslar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchi yo‘nalishi – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni keng joriy etish va ommalashtirish borasida ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.Hozirgi kungacha Respublika bo‘ylab 22 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyat olib bormoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq