UZREPORT TV ning yangi loyihasi «UZREPORT WORLD» ishga tushirildi
24.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

UZREPORT TV 24-yanvardan boshlab ingliz tilidagi ko’rsatuvlar va yangiliklar dasturlari qayta tiklanganini ma’lum qiladi.

E’tiborga molik yangiliklarda yana biri, Amazon media-platformasida striming rejimida uzatiladigan «UZREPORT WORLD»ning test rejimida ishga tushishi hisoblanadi.

«UZREPORT WORLD»da O’zbekistonning noyob tarixi, buyuk allomalari va ulug’ shaxslari, diqqatga sazovor tarixiy obidalari, milliy taomlari va madaniy an’analari haqida hujjatli filmlar va televizion dasturlar namoyish etiladi.

Har kungi yangiliklardan tashqari, bir qator eksklyuziv dasturlar, jumladan, davlat organlari va hukumat vakillari, yetakchi xalqaro va nodavlat tashkilotlar a’zolari, shuningdek, milliy ekspertlar bilan suhbatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

«UZREPORT WORLD» dasturlarini quyidagi havola orqali onlayn tomosha qilishingiz mumkin: https://uzreport.news/live

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq