Toshkent viloyati Mehribonlik uylariga kompyuter jamlanmalari berildi
24.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi — aholi va yoshlar o‘rtasida komp’yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ish olib borilmoqda.

Tashabbusni hayotga tatbiq etish doirasida bir qator xayrli tadbirlar ham amalga oshirilyapti. Xususan, vazirlik tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan 14 va 15-son Mehribonlik uylaridagi tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini, komp’yuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Vazirlikning sovg‘alari — 18 ta zamonaviy komp’yuter jamlanmalari (14-son Mehribonlik uyiga 8 ta,15-son Mehribonlik uyiga 10 ta), futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka, bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar va boshqa sport anjomlari Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi vakillari tomonidan tantanali ravishda taqdim qilindi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ko‘tarinki kayfiyati va xursandchiligi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida bu kabi xayrli amallarni bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq