Qoraqalpog‘iston poytaxtida IT Park filiali tashkil etilmoqda
23.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

23-yanvar 2020-yilda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida IT Park tomonidan IT Center direktori N.Alibekov va uning maslahatchi Yokut Gyokxan Nukus shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida IT Park vakillari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari J.Embergenov hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i T.Baekeyevlar bilan IT Park hududiy filialining qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi, IT Park qurilishiga ajratilgan yor maydoni bilan tanishishdi.

Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filialida mehmonlar tegishli soha tashkilotlari, professor-o‘qtuvchilar va talaba yoshlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq