Mehribonlik uylariga kompyuter jamlanmalari sovg‘a qilindi
23.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbus ilgarining Uchinchisi — Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Uchinchi tashabbus doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator hayrli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu hayrli tadbirlardan yana biri bo‘lib o‘tdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 21, 23 va 30-sonli Mehribonlik uylaridagi tarbiyalanuvchi bolajonlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini yanada oshirish, kompyuter savodxonligi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish maqsadida, jami 38 ta 21-sonli Mehribonlik uyiga 27 ta, 23-sonli Mehribonlik uyiga 6 ta, 30-sonli Mehribonlik uyiga 5 ta zamonaviy kompyuter jamlanmalari sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda Vazirlik tizimidagi korxonalar «O‘zbektelekom” AK «TSHTT» filiali va “UZDIGITAL TV” tomonlaridan futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka, obruch, skakalka (sakragich) va boshqa sport anjomlari taqdim etildi.

Sovg‘alarni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati nomidan Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Mehribonlik uyi ma’muriyati va bolajonlar mazkur sovg‘alarni ko‘tarinki ruhda, xursandchilik bilan qabul qilib oldilar va Vazirlik rahbariyatiga hamda jamoasiga ko‘rsatilgan hayrli mehr-muruvvat uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq