IT-Academy oʻzining birinchi offlayn kursiga qabul boshlanganini eʼlon qiladi!
22.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IT-Park qoshidagi IT-Academy Java dasturlash kursiga oʻquvchilar qabuli va arizalar qabul qilish boshlanganligi haqida eʼlon qiladi.

Dastur 90% amaliy mashgʻulotlardan va faqat 10% nazariy mashgʻulotlardan iborat boʻlib, ular eng samarali keyslarga asosan olib boriladi.

Kursning maqsadi oʻquvchilarni Junior-dasturchi sifatida ishlashni boshlashlari uchun yetarli miqdorda barcha kerakli vositalar va texnologiyalar bilan qurollantirishdir.

Mashgʻulotlar Moskvadan tashrif buyurgan oʻqituvchi bilan rus tilida vebinarlar shaklida oʻtkaziladi. Bundan tashqari, mashgʻulotlarda oʻzbek tilini biladigan yordamchi oʻqituvchilar yordam beradi.

Kursni tugatgandan soʻng, eng yaxshi bitiruvchilar muvaffaqiyatli Rossiya kompaniyasida ishga joylashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Manzil: Inha universiteti, B bloki, 102-xona

Jadval: dushanba va juma kunlari, soat 18:00 dan 21:00 gacha

Kurs davomiyligi: 3,5 oy

Mashgʻulotlar fevral oyida boshlanadi. Arizalarni qabul qilishning soʻnggi muddati – 2020-yil 3-fevral. Dasturda ishtirok etish uchun siz havola boʻyicha oʻtishingiz va anketani toʻldirishingiz kerak.

Aloqa uchun: + 99871 2091199, info@it-academy.uz

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq