“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida GSCI (Buyuk Britaniya) agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
21.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yilning 20-yanvar kuni “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida Buyuk Britaniya Bosh vaziri huzuridagi GSCI davlat agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda GSCI loyihasining O‘zbekistondagi rahbari Adam Torndayk (Adam Thorndike), GSCI strategic kommunikatsiyalar boshqarmasi vakili Nina Peronius (Nina Peronius) hamda GSCI O‘zbekistondagi loyihasining ofitseri Samira Abdusalomova, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan esa boshliq A. Xodjayev, boshliq o‘rinbosarlari A. Matkarimov va O. Xolmuxamedov, shuningdek tegishli bo‘limlar rahbar va mutaxassis xodimlari ishtirok etdi.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasida vazirlik va idoralar xodimlari uchun GSCI tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek O‘zbekistonning kommunikatsiyalar sohasidagi strategiyasi ishlab chiqilayotgani muhim ahamiyatga ega ekanini bildirdi.

Suhbat davomida davlat organlarining ochiqligini ta’minlash, vazirlik va idoralarning lokal tarmoqlarini birlashtirish va idoralararo tizim yaratish yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borish, interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish va “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish muhokama qilindi.

Shu bilan birga aholining AT bo‘yicha bilimlarini oshirish, bulutli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish vaqtida shaxsga doir ma’lumotlarning oshkor bo‘lishini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini o‘tkazish ham ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.

Adam Torndayk qiziqarli suhbat va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi, kelgusida muhokama etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha samarali hamkorlik rivojlanishiga umid bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin vaqt ichida muloqotni yana davom ettirishga kelishib olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq