Odnoklassnikining Oʻzbekistonda 2019-yil yakunlari: yuborilgan sovgʻalarning rekord soni va hissiyotlar bilan almashinish servisining oʻsishi
21.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻi Oʻzbekistondagi asosiy auditoriyaning koʻrsatkichlari va turli servislardan foydalanuvchilarning faolligi boʻyicha 2019-yil natijalarini yakunladi.

OK tahlilchilari foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqda bir-birlariga virtual sovgʻalarni faol taqdim etishlarini va videoqoʻngʻiroqlardan foydalanishlarini va oʻn milliardlab video koʻrishlarini aniqladilar. Auditoriya foydalanuvchilarning mamlakat hududida haqiqiy turar joyi boʻyicha hisoblandi.

Oʻzbekiston Odnoklassnikidan foydalanish boʻyicha eng faol mamlakatlar top-5 ga kiradi. Auditoriyaning asosiy qismi oxirgi yilda oʻzgarishsiz qoldi — ular 25 dan 34 yoshgacha boʻlgan yosh erkaklardir. Umuman olganda erkaklar Oʻzbekistondagi OK foydalanuvchilarning umumiy sonining 78% ni tashkil etadi.

Oʻzbekistonliklar kontentdan mobil qurilmalar orqali foydalanuvchilarning global trendlaridan qolishmaydilar va oʻz telefonlarida Odnoklassnikida boʻlishni afzal koʻradilar: ijtimoiy tarmoqqa kirishlarning 89% mobil qurilmalardan amalga oshiriladi.

2019-yilda Odnoklassniki oʻzining muhim xususiyatlari va asosiy biznes-yoʻnalishi kommunikatsiya servislariga eʼtiborni qaratdi, ular yordamida foydalanuvchilar oʻzlarining samimiy his-tuygʻulari bilan ijtimoiy tarmoqdagi yaqinlari hamda doʻstlari bilan oʻrtoqlashadilar: virtual sovgʻalar, stikerlar, qoʻngʻiroqlar. Bu yil yakunlariga koʻra kunlik auditoriyaning dinamikasi boʻyicha ijobiy trend koʻrsatish imkonini berdi.

Foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoq uchun oʻta muhim boʻlgan virtual sovgʻalar servisiga jalb etilganligi rekord darajada 3-martaga oshdi: har oyda joʻnatilgan sovgʻachalar 26 mln tagacha yetdi. Shuningdek xabarlar va izohlarda stikerlarning ommalashuvi ham rekord surʼatlarda oʻsib bormoqda. 2019-yil mobaynida oʻzbekistonlik foydalanuvchilar 22 mln dan koʻp stiker yubordilar – bu 2018-yilga nisbatan 10-marta koʻp demakdir.

OK foydalanuvchilari oʻtgan yilda yangiliklar lentasida doʻstlari va tanishlarining hayotiga oyib hodisalariga koʻproq oʻz munosabatlarini bildirdilar. OKda mashinali oʻqitish bazasida doʻstlarni hatto eski rasmlari boʻyicha ham avtomatik tarzda qayd etishni taklif etadigan shaxslarni tanish texnologiyasi va aqlli lentaning yangi algoritmlari tufayli “Klass” va boshqa hissiyotlar miqdori boʻyicha tarixiy rekord oʻrnatildi: bir sutkada 240 million va bir sekundda 5000 dan ortiq.

Bundan tashqari, 2019-yil OKdagi yangi doʻstona aloqalar soni boʻyicha ham rekord yil boʻldi. Ijtimoiy tarmoq doʻstlik servisiga zamonaviy texnologiyalarni qoʻshdi: neyrotarmoqlar bazasida doʻstlarni tavsiya etish algoritmlari va servisning yangi platformasi ishga tushirilishi tufayli doʻstlarga oylik buyurtmalar soni yiliga 50%ga oshdi, qizgʻin vaqtlarda OKda bir sutkada 6 milliondan ortiq doʻstona juftliklar qayd qilindi.

2018-yilda Odnoklassniki sunʼiy intellekt boshqaruvi ostida ovozli va videoqoʻngʻiroqlar platformasini qayta ishga tushirdi, shundan soʻng servisdan foydalanish tobora orta boshladi. Bu vaqt mobaynida barcha foydalanuvchilar bir vaqtning oʻzida 100 tagacha foydalanuvchi ishtirok eta oladigan guruh qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish va toʻldirilgan voqelik niqoblarini qoʻshish imkoniyatiga ega boʻldilar. 2019-yilda OK da qoʻngʻiroqda fonni xiralashtirish funksiyasi paydo boʻldi, biznes uchun esa OKdagi oʻz guruhida oʻzining koll-markazini tashkil etish uchun virtual telefoniya servisi ishga tushirildi. Yil oxirida Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlar orasida birinchilardan boʻlib foydalanuvchilarni istalmagan qoʻngʻiroqlardan ogohlantiradigan raqamni avtomatik tarzda aniqlovchi servisini ishga tushirdilar. Qoʻngʻiroqlar servisini rivojlantirish chaqirishlar sonining oshishiga yordam berdi – 2019-yil mobaynida Oʻzbekistondagi foydalanuvchilar 26,8 mln. muvaffaqiyatli qoʻngʻiroqni amalga oshirdilar.

Video kontentning eng tez oʻsuvchi turi sifatida OKdagi Oʻzbekiston foydalanuvchilarida oʻtgan yilda 3,5 mlrd koʻrishni toʻpladi, bu 2018-yilga nisbatan 130% ga koʻp demakdir. Bu raqam oʻz ichiga ham professional kontent, ham videostrimlarni oladi. Oxirgilar ichida Oʻzbekiston foydalanuvchilari orasida Makkaga haj, musiqachilarning chiqishlari va hajviy videolar, masalan, miyovlovchi toʻtiqush haqidagi roliklar eng koʻp koʻrildi va ommalashdi.

Foydalanuvchilarning bir-birlari bilan kommunikatsiyadagi bunday yuqori faolligi Oʻzbekistonda OKning umumiy kunlik auditoriyasining oshishiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi — 2019-yilning dekabrida u oʻtgan yilga nisbatan 5,7% ga oshdi. Shu jumladan OKning kunlik mobil auditoriyasi ham 7,2% ga oʻsdi (mobile DAU).

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq