O‘zbekistonlik IT-mutaxassislar Hindistonda malakasini oshirdi
20.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kanpur shahrida (Hindiston Respublikasi) Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazining bir guruh xodimlari Hindiston Texnik va Iqtisodiy Hamkorlik Dasturi (ITEC) doirasida “Intermediate cyber security for IT professionals” (IT-mutaxassislar uchun kiberxavfsizlik) mavzusidagi maxsus kurslarda malakasini oshirib qaytdilar.

O‘quv kurslarida dunyoning turli mamlakatlaridan jami 28 nafar ishtirokchi qatnashdi. Trening ikki formatda — nazariy (ma’ruzalar) va amaliy mashg‘ulotlar tarzida olib borildi.

Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot uchun: «ITEC» dasturi Hindiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1964-yil 15-sentyabrda yaratilgan va Hindiston hukumati uchun ikki tomonlama yordam dasturidir. Hindistonning Osiyo, Afrika, Sharqiy Evropa, Lotin Amerikasi, Karib dengizida tajriba almashish dasturlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, 309 ta o‘quv kurslarini o‘z ichiga oladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq