TATU katta o‘qituvchisi Italyaning Sannio universitetida malaka oshirishni boshladi
16.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Menejment va marketing» kafedrasi katta o‘qituvchisi Gafurova Dilshoda «El-yurt Umidi» fondidan malaka oshirish yo‘nalishi g‘olibligini qo‘lga kiritib, bugungi kunda Italiyaning Sannio universitetida «Raqamli iqtisodiyot» yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirmoqda va «Biznes va Iqtisodiyot» kafedrasi professori Mateo Rossi rahbarligi ostida ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.

Gafurova Dilshodaga masʼullar tomonidan Italiyaning Sannio universitetidagi taʼlim jarayoni, ilmiy tadqiqot faoliyati hamda universitet kutubxonasi bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, universitet Rektori professor Jerardo Kanfora bilan davra suhbati tashkil etildi.

«Menejment va marketing» kafedrasi katta o‘qituvchisi Gafurova Dilshodaning Italiyaning Sannio universitetidagi malaka oshirishi 2020-yil 1-fevralgacha davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq