Oʻzbekiston-Koreya loyihasi doirasida mamlakatimizga 850 ga yaqin kompyuter sinflari yetkazib berildi
16.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Xalq taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasi doirasida Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va Koreya Eksport-import bankining hamkorlik jamgʻarmasi ishtirokida yurtimiz maktablariga 850 ga yaqin kompyuter sinflari yetkazib berildi.

Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasini “Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va Koreya Eksport-import banki hamkorligi” fondi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi»gi qaror doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 51,35 million dollarni tashkil etadi. Xususan, mamlakatimizning 2766 oʻrta maktablari uchun 2859 kompyuter sinflarini sotib olish maqsadida Oʻzbekiston hukumati 18,35 million dollar, Koreya Respublikasi Eksimbanki 33 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratdi.

KT Corporation (Koreya Respublikasi) kompaniyasi tender natijalariga koʻra oʻquv kompyuter sinflarini yetkazib beruvchi deb belgilandi.

2019-yil yakunlariga koʻra, Koreya kompaniyasi Oʻzbekistonga reja boʻyicha 537 ta kompyuter sinflarini yetkazib berishi kerak edi. Bu koʻrsatkich 2019-yilda 850 tani takshil etdi.

Ayni vaqtda Oʻzbekistonning turli hududlaridagi maktablarda kompyuterlarni oʻrnatish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

2020-yil davomida KT Corporation kompaniyasi Oʻzbekistonga oʻquv kompyuter sinflarining qolgan qismini yetkazib beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq