IT-Park xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda
15.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 9-yanvar kuni IT-Parkga axborot texnologiyalari va startap ekotizimini rivojlantirish borasida sheriklik va kelgusidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy delegatsiyalar tashrif buyurishdi.

Adit Microsys Pvt Ltd – xalqaro IT-konsalting firmasi, shuningdek, Hindistonning Ahmadobod shahrida oʻzining ofislari va rivojlanish markaziga ega boʻlgan IT-xizmatlarining taʼminotchisidir.

GESIA IT Association AKT sohasining Gujarat shtatidagi asosiy vakili hisoblanadi va Gujarat shtatida IT (dasturiy va texnik taʼminot), ITeS (BPO / KPO), elektronikalar, telekommunikatsiyalar, tarmoq / ISP & IT Education sohasini ilgari surish boʻyicha Gujarat hukumati bilan hamkorlikda ishlaydi.

SumsCorp Solutions – bu Hindistondagi kompaniyalardan biri boʻlib, u turli kompaniyalarning hodimlarni oʻqitish, boshqarish va rivojlantirish jarayonlarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda mijozlarga yordam beradigan keng koʻlamli konsalting xizmatlarini taklif etadi. Kompaniya, shuningdek, biznes-jarayonlarning autsorsingi (BPO) sohasidagi xodimlarni tayyorlashga ixtisoslashgan.

Milliy axborot texnologiyalari instituti – bu korporatsiyalar va jismoniy shaxslar uchun IT-taʼlimni boshqarish sohasidagi yechimlarni taklif etadigan xalqaro miqyosda tan olingan hind kompaniyasidir. Kompaniya 1981-yilda tashkil etilgan boʻlib, IT-markazlarini rivojlantirish va IT mutaxassislari uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan. 2012-yilda kompaniya korporatsiyalar uchun IT-mashgʻulotlarini, shu jumladan biznes-jarayonlarning autsorsingini taqdim etish sohasidagi eng yaxshi kompaniya deb eʼtirof etildi. 2015-yilda kompaniya Hindistondagi eng yaxshi elektron taʼlim resurslariga ega kompaniya deb eʼlon qilindi.

Cube Ten – bu maxsus dasturiy yechimlar va IT xizmatlarini taqdim etadigan, Hindistondagi axborot, kommunikatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi rivojlanib borayotgan kompaniyadir. Ular taqdim etadigan xizmatlar qatoriga veb-dasturlash, ilovalarni ishlab chiqish, onlayn oʻqitish, animatsiya, dizayn, maʼlumotlarni tahlil qilish, maʼlumotlar bazasi, 3D modellashtirish, intelektual yechimlar, veb-xosting, domenlarni roʻyxatga olish, onlayn qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda ishlash, apparat va dasturiy taʼminot taqdim etish, texnik xizmat koʻrsatish, IT sohasidagi konsalting xizmatlarini taqdim etish kiradi.

“NAG” telekommunikatsiya kompaniyasi – telekommunikatsiya, sanoat va biznes uchun yechimlar va uskunalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha Rossiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 15 yildan beri maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va xavfsizlik tizimlarini yaratib kelmoqda, maʼlumotlar markazlarini qurmoqda. U Rossiyadagi eng tez rivojlanayotgan IT-kompaniyalarning 20 taligiga kiritilgan. U Rossiyaning barcha mintaqalarida, MDH davlatlarida, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda oʻz xizmatlarini taqdim etadi.

Unit Group – dastlabki bosqichdagi startaplar uchun xalqaro IT-markaz va texnologik inkubator boʻlib, uning bosh qarorgohi Tel-Aviv (Isroil) da joylashgan. Ularning portfeli oʻz ichiga dunyoning yetakchi investorlari tomonidan moliyalashtirilgan, ishga tushishdan oldingi va boshlangʻich jamgʻarmalarni umumiy qiymati 8 million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan qiymatga teng texnologik loyihalarni qamrab oladi.

RPB Consulting – bu Latviyaning telekommunikatsiya kompaniyalari uchun keng qamrovli xizmatlarni jumladan biznesni rivojlantirish, strategik muzokaralar, marketing, yuridik xizmatlar va logistika xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyasidir.

Selectel – Rossiyadagi IT infratuzilmaning ishonchli provayderidir. Oʻzining 11 yillik tarixi davomida Selectel yakka tartibdagi tadbirkorlardan tortib yirik xalqaro korporatsiyalargacha jami 15 mingdan ortiq mijozlarning ishonchini qozondi. Selectel ham oʻzining, ham xalqaro texnologiya yetakchilari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan keng infratuzilma mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadi.

Condor Group – sertifikatlangan qurilish kompaniyasi boʻlib, uning bosh qarorgohi Dubayda (BAA) joylashgan. Condorning kuchi tomoni – bu telekommunikatsiya binolari, noyob tarzda loyihalashtirilgan koʻp qavatli binolar, keng sport maydonchalari, savdo markazlaridir.

YellowRockets – bu Rossiyaning xalqaro startaplar hamjamiyatini rivojlantiruvchi kompaniyasidir. YellowRockets venchur fondi kuchli jamoa va rivojlanish salohiyatiga ega boʻlgan boshlangʻich startaplarga 20 million rublgacha sarmoya kiritadi. YellowRockets startaplar uchun akseleratsiya dasturlarini tashkil etishga ixtisoslashgan boʻlib, u Rossiyaning va xalqaro miqyosdagi yetakchi venchur fondlari, rivojlanish institutlari, biznes angellar hamjamiyatlari va korporatsiyalar bilan hamkorlik qiladi.

Barcha xorijiy kompaniyalarning vakillari “StarTTech” IT-konferensiyasining maxsus taklif etilgan mehmonlari boʻlishdi va konferensiyada faol ishtirok etishdi.

Tashrif yakunlari boʻyicha tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq