IT-Park Rossiyaning Venchur fondi bilan memorandum imzoladi
15.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 9-yanvar kuni Rossiyaning Venchur Fondi va akseleratori – “YellowRockets” va IT-Park oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. “YellowRockets” yirik korporatsiyalar uchun akseleratsiya dasturlarini tashkillashtimoqda va startaplarga ularning rivojlanishining dastlabki bosqichlarida $ 400 000 gacha investitsiya kiritmoqda.

Mazkur tashrif doirasida tomonlar hamkorlik qilishning imkoni bor barcha yoʻnalishlarini – stajirovka orttirishdan tortib, Oʻzbekiston Respublikasida venchur moliyalashtirishni rivojlantirish boʻyicha ishlashgacha muhokama qildilar, shuningdek hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar.

Memorandumda tomonlar oʻrtasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish, konsultatsiya berish va istiqbolli startap loyihalarini, venchur moliyalashtirishni, shuningdek IT-taʼlimni qoʻllab-quvvatlash ekotizimini yaratish boʻyicha tajriba almashish koʻzda tutildi.

Bitim doirasida “YellowRockets”da IT-Park hodimlarining malakasini oshirish, venchur yoʻnalishi boʻyicha treninglar tashkil etish va IT-Parkning yangi trekerlari va murabbiylari bilan potentsial hamkorlik rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, “YellowRockets” asoschisi Sergey Bogdanov IT-Parkning startaplar ekotizimini rivojlantirish jarayonlarining gʻoyat tezkor kechayotgani va Texnopark rezidentlari uchun yaxshi shart-sharoitlar tahkillashtirilgani alohida taʼkidlab oʻtdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq