Vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi
14.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tizimda o‘zining halol va fidokorona mehnati bilan o‘rnak ko‘rsatayotgan, kasbiga, yurtiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, eng muhimi davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasining bir guruh harbiy xizmatchilarini vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirladi.

Vazirlikning “Faxriy yorliq”i bilan, Ernazarov Rustamjon Abrorovich, Davlat feldegerlik xizmati xodimi, Razakov Abdugapur Sattarovich Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Harbiy kafedrasi o‘qituvchisi taqdirlandi.

Vazirlikning “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan, Zaripov Farxod Xashimovich, Davlat feld’egerlik xizmati xodimi, Sagatov Olim Fattaxovich, Davlat feld’egerlik xizmati katta inspektori va Djabbarov Tolib Turgunovich, Davlat feld’egerlik xizmati Namangan shahar bo‘linmasi xodimi taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi mukofotlangan xodimlarni, butun xalqimizni ushbu qutlug‘ sana- Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq