“Open Data Challenge – 2019” hakatoni g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi
14.01.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2020-yil 10-yanvar kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «Open Data Challenge – 2019» hakatoni g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
«Open Data Challenge – 2019» hakatoni ochiq ma’lumotlar konsepsiyasini ilgari surish, IT-tadbirkorlik va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan ochiq ma’lumotlar asosida ilovalarni ishlab chiqish bo’yicha tanlov hisoblanadi.
Tanlovning asosiy sharti – tadbir davomida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda raqamli yechim (dastur, xizmat, qurilma) yaratishga qaratilgan.
Eslatib o’tamiz, eng yaxshi loyihalar quyidagi 5 ta yo’nalish bo’yicha tanlab olingan:
— Davlat sektori uchun ochiq ma’lumotlar;
— Ijtimoiy sektor uchun ochiq ma’lumotlar;
— Biznes uchun ochiq ma’lumotlar;
— Ma’lumotlarni yaratish va o’zgartirish;
— Axborot jurnalistikasi.
Tadbir yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.