Innovatsiya vazirligi Xitoy bilan hamkorlikda sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarini joriy qiladi
13.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Buyuk safar” Xitoy xalqaro aerokosmik savdo kompaniyasi (ALIT — Aerospace Long-March International Trade Co. Ltd) Prezidenti Jao Junchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar kosmos, boshqaruvchisiz uchuvchi apparatlar, mudofaa sanoati kompleksi sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Boʻlib oʻtgan uchrashuv doirasida kosmik hamda sunʼiy aloqa texnologiyalarini oʻrganish va rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha kelishuvga erishildi. Xususan, yurtimiz soha mutaxassislari uchun Xitoy Xalq Respublikasida stajirovka va treninglar tashkillashtiriladi. Mahalliy vazirlik va idoralar ishtirokida sunʼiy aloqa texnologiyalari sohasida qoʻshma loyihalar amalga oshirish ham koʻzda tutilgan.

ALIT Xitoy aerokosmik ilm-fan va texnika korporatsiyasi (CASC)ning ixtisoslashtirilgan kompaniyasi boʻlib, u aerokosmik sohasining mahsulotlari hamda xizmatlarini import-eksport qilish, oʻz aloqa yoʻldoshi negizida milliy aloqa yoʻldoshi tizimlarini yaratish uchun masʼuldir.

CASC Fortune Global 500 roʻyxatidagi kompaniyalardan biri boʻlib, 1999-yilda tashkil topgan. Uning 2018-yildagi aylanmasi 36 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Ayni paytda, CASC Xitoyda sunʼiy yoʻldosh aloqasi boʻyicha yagona operator hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq