Elektron hukumat yanada yaqinroq, davlat xizmatlari endi sizning telefoningizda
13.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) o‘z faoliyatining birinchi yilini muhim voqea – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda – Yagona portal) mobil ilovasini ishga tushirilishi bilan nishonlamoqda.

Endilikda, Android operatsion tizimi bazasidagi mobil qurilmalar egalari ma’lum davlat xizmatlaridan istalgan vaqtda, uydan chiqmagan holda va davlat organlariga bormasdan foydalanishlari mumkin.

Ishga tushirilgan ilovada bir qator tranzaksion xizmatlar (davlat organi xodimining ishtirokisiz ko‘rsatiladigan xizmatlar) taqdim etiladi:

– yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima haqida ma’lumot olish (Yagona portalda va mobil ilovada yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima haqida ma’lumot olish bepul taqdim etiladi);

– shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi jamg‘arma holati haqida ma’lumot olish;

– STIRni aniqlash;

Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida, kommunal xizmatlari bo‘yicha shaxsiy hisob raqami haqida ma’lumot olish va boshqalar.

Hozirda Markaz tomonidan mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar doirasini kengaytirish, shuningdek, Yagona portalning mobil ilovasini iOS operatsion tizimi bazasidagi qurilmalar uchun ishlab chiqish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.

Yagona portalning Android operatsion tizimi uchun mobil ilovasini mazkur havola orqali yuklab oling: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.global.mygov.

Ma’lumot uchun: Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq