Toshkentda Janubiy Koreyalik professor-o’qituvchilar ko’ngilochar matematika festivalini o’tkazadilar
07.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

15-17 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida uchinchi «Ko’ngilochar matematika» o’quv-amaliy festivali bo’lib o’tadi.

Festivalning asosiy maqsadi bolalarga matematikaning mo’jizalarini namoyish etish, uning juda ajoyib va qiziqarli fan ekanligini chuntirib o’tishdir.

Festival maktab, litsey, kollej va boshqa barcha o’quv yurt talabalri, matematika o’qituvchilari, shuningdek ushbu fanni sevadigan va qiziqadiganlarning barchasiga qaratilgan.

Festivalda 20 xil matematik stendlar namoyish etiladi. Toshkentdagi Inha universitetiga Janubiy Koreyaning turli o’quv yurtlaridan 20 dan ortiq matematika o’qituvchilari tashrif buyuradilar.

Tadbir uch kun davom etadi va tadbir davomida Janubiy Koreyadan kelgan mehmonlar turli xil matematik masalalar va matematika sohasiga bogliq bo’lgan bilimlari bilan o’rtoqlashadilar.

Birinchi marta «Ko’ngilochar matematika» festivali 2016-yil yanvar oyida bo’lib o’tgan va uch kunlik festivalga 5 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.

Tadbir 15-yanvar kuni soat 13.00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida bo’lib o’tadi va barcha xohlovchilar uchun kirish bepul.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq