Toshkentda maxsus transport to‘lov kartalaridan foydalanish boshlandi
05.01.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari boshlandi.

Dastlabki bosqichda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobuslar elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi mobil validatorlar bilan ta’minlandi hamda statsionar validatorlarni avtobus elektron tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, 3-yanvardan e’tiboran maxsus transport to‘lov kartalari sotuvga chiqarildi. To‘lov kartalarining narxi 11 000 so‘mni tashkil etadi. Har bir kartaga oldindan bir martalik to‘lov miqdori yuklangan. Karta orqali bir martalik yo‘l haqi 1 400 so‘m.

Yo‘lovchilar mazkur turdagi kartalarni boshqa savdo nuqtalari qatori jeton hamda oylik yo‘l chiptalari bilan savdo qiluvchi quyidagi shahobchalardan harid qilishlari mumkin.

Savdo nuqtalari:

Sariq ko‘l bekati

Shimoliy vokzal bekati

MUM bekati

To‘qimachilik kombinati bekati

Mashinasozlar bekati

M.Chilanzar/Korzinka bekati

Mashina bozor bekati

Parkent bozori bekati

Chimyon do‘koni bekati

Farg‘ona bozori (Risoviy) bekati

Oloy bozori (markaz. Dar. tomon.) bekati

Xadra bekati

Qo‘yliq-2 shoh bekati

Farg‘ona bozori (Risoviy) 2-bekati

Aviasozlar bozori (Kadisheva) 2-bekati

Yunusobod 2-kvartal bekati

Farxod bozori bekati

Beruniy metrosi bekati

GRAND (Rossiya) mehmonxonasi bekati

Farhod bozorchi Lutfiy ko‘chasi bekati

Yunusobod 3-kvartal bekati

Sergeli yarmarka bozori 2-bekati

Aviasozlar bozori (Kadisheva) bekati

Oloy bozori — Ardus bekati

Qoraqamish 2

Sergeli yarmarka bozori bekati

Saodat savdo markazi 1 bekati

Janubiy vokzal shoh bekati

Buyuk Ipak Yuli metrosi 1-bekati

Pedagogika universiteti (Chilonzor metrosi)

Kartalar hisobini bank plastik kartalaridagi mablag‘lar va naqd pul bilan yuqoridagi shahobchalarda to‘ldirish imkoni mavjud. Tez orada kartalar hisobini bankomatlar, kiosklar, to‘ldirish terminallari hamda mobil ilovalar orqali ham to‘ldirish imkoniyati yaratiladi.

Yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirishning avtomatlashgan tizimi doirasida jamoat transporti uchun yagona transport kartalaridan tashqari to‘lovni amalga oshirish imkonini beradigan mobil ilova hamda bir martalik QR chiptalar ham bosqichma-bosqich ravishda amaliyotga joriy etiladi. Shuningdek, mazkur tizimda yo‘lkira xaqi uchun to‘lovlarni kontaktsiz bank kartalari (Humo, Uzcard, Mastercard, Visa card va boshqalar) orqali amalga oshirish imkoniyati ham yaratiladi.

Pensionerlar, o‘quvchi-talabalar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat transporti xizmatidan imtiyozli asosda foydalanish huquqiga ega alohida fuqarolar toifalari uchun imtiyozli transport kartalarini shaxsiylashtirish va karta tannarxi bo‘yicha sotish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. Hozirda ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy masallar hal etilmoqda. Bir nechta davlat idoralari o‘rtasida ma’lumotlar bazasini o‘zaro integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu yangi tizim bir necha bosqichda amaliyotga to‘la joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Unga qadar esa shu kungacha yo‘lovchilar foydalanib kelgan oylik yo‘l chiptalari, jetonlar hamda shahar jamoat transportida bepul yurish huquqini beradigan guvohnomalar jamoat transportlarida to‘lov sifatida qabul qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq