O‘zbekistonning barcha hududlarida IT Parklar quriladi
28.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

27-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari – IT Parklari qurilishini ma’lum qilgan.

«2020-yilda respublikaning barcha hududlarida yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan IT parklar quriladi. Bu parklar eng kamida 20 qavatdan iborat bo‘lishi kerak.

Har bir viloyat hokimi IT Parklarini qurishga mas’ul bo‘ladi», – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari o‘z nutqida yangi quriladigan texnologik parklar faoliyatiga katta ishonch bildirdi.

«Agar biz yoshlarning yangi startap loyihalarini jamiyat hayotiga tatbiq qila olsak, rivojlanish bo‘ladi. Bu dasturlarni amalga oshirsak, xatolarimiz kamroq bo‘ladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq