Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi mobillashdi
27.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda «Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» loyihasi birinchi bosqichini ishga tushirdi.

Ayni vaqtda amalga oshirilgan ishlar qiymati qariyb 12 million dollarni tashkil etmoqda. Hozirda Xitoy kompaniyasi tomonidan zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 81 dona tez tibbiy yordam avtomobillari reanimobil yetkazib berildi. Joriy yil yakuniga qadar esa qolgan barcha 69 dona tez tibbiy yordam avtomobillari yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Ushbu xarid qilingan tez tibbiy yordam avtomobillari mavjud avtomobillardan afzalligi shundaki, ularning salon qismiga zamonaviy videokuzatuv kamerasi va zarur tibbiy axborot kommunikatsiya va multimedia texnologiyalari o‘rnatilganligi va bu esa, o‘z navbatida, Call-markaz bilan doimiy aloqada bo‘lish, ahvoli og‘ir bemorlarga masofadan turib zarur maslahat va ko‘rsatmalar berish, eng muhimi, bemorning har bir daqiqasini to‘liq nazoratda bo‘lishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasining Call-markazida joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilib, zamonaviy AKT uskunalari o‘rnatildi. Shuningdek, ushbu loyiha doirasidagi tizim integratori — “BePro — Dasturchilar markazi” MChJ tomonidan avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi sinov tarzida joriy etilib, hozirda mazkur tizimdan foydalanadigan xodimlarni o‘qitish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu zamonaviy texnologiyalarni tizimga joriy etish bilan bog‘liq yirik loyihaning ikkinchi bosqichida «Huawei» kompaniyasi bilan birgalikda respublikaning barcha hududlaridagi tez tibbiy yordam xizmatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. 155,0 mln. dollarga teng loyihaga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida tez tibbiy yordam xizmati Call-markazlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanadi va mavjud tez tibbiy yordam transporti avtoparkini to‘liq yangilash rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq