“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida Internet operator va provayderlari bilan “davra suhbati” o‘tkazildi
27.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 25-dekabr sanasida “O‘zkomnazorat” inspeksiyada operatorlar va provayderlarning vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi rahbariyati va bo‘lim boshliqlari, O‘zbektelekom, Sarkor-telekom, Sharq-telekom, Nano-telekom va boshqa Internet operatorlari va provayderlarining vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida internet-foydalanuvchilarining soni 20 milliondan oshdi, kanallarning o‘tkazuvchanlik imkoniyati ham ortib, soniyasiga 1200 Gbitga yetgan. Biroq shunga qaramay “O‘zkomnazorat”ga aholiga ko‘rsatilayotgan Internet xizmatlarining sifati yuzasidan ko‘plab shikoyat va murojaatlar kelib tushmoqda.

Xizmatlar sifatini yaxshilash va ularning hammabopligini ta’minlash, qonunchilik hujjatlari, davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi borasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirsh ham juda muhim.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i A. Xodjayev ushbu davra suhbati ma’lumotlar uzatish bozori holati, operatorlar va provayderlarning rivojlanish bo‘yicha texnik imkoniyatlarini o‘rganish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Suhbat davomida operator va provayderlarning ma’lumotlar uzatish xizmatlari tariflari va ularni belgilash tartibi, abonentlarga tarif narxlari haqidagi ma’lumotlarni yetarli darajada yetkazish, IPv4 dan IPv6 ga o‘tish, qurilishi tugallangan telekommunikatsiya ob’ektlarini doimiy foydalanishga qabul qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, ishtirokchilarning “oxirgi milya” tamoyili bo‘yicha Internet tarmog‘idan keng polosali ulanishni rivojlantirish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.

Sarkor-telekom, Nano-telekom, Sharq-telekom, Daniel group telecom va boshqa kompaniyalarning vakillari so‘zga chiqib, dolzarb masalalar, jumladan qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyasi faoliyati bo‘yicha savol va takliflarini berishdi. “O‘zkomnazorat” rahbariyati tomonidan taklif hamda mulohazalar inobatga olinishi va inspeksiyaning kelgusidagi faoliyatiga tatbiq etilishini ma’lum qilindi.

Tadbir so‘ngida Internet tarmog‘idan keng foydalanish va ma’lumotlar uzatish bozoridagi dolzarb masalalarni muhokama qilib borish maqsadida bu kabi uchrashuvlarni o‘tkazish amaliyotini har oy tashkillashtirish haqida kelishib olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq