OAV vakillari va Blogerlar “Aloqabank Tanlovi 2019” mukofoti laureatiga aylanishdi
27.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 26-dekabr Aksiyadorlik tijorat banki «Aloqabank» yil davomida iqtisodiyot, moliya, investitsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi mazvularni eng faol yoritgan jurnalist va Blogerlarni mukofotlash uchun ta’sis etilgan «Aloqabank Tanlovi» mukofotining natijalarini e’lon qiladi.

2019-yilda yuqorida ta’kidlangan – tanlov mazvulari qatoridagi yo’nalishlar bo’yicha sermazmun maqolarlar yozgan, tahliliy materiallarni e’lon qilgan ommaviy axborot vositalari vakillari va Blogerlarni aniqlash maqsadida AT “Aloqabank” “Digital Analytics” analitika va monitoring tizimi algoritmlari asosida yurtimiz media maydonini tahlil qiluvchi «Unique PR» va «Ledokol Group» agentliklariga murojaat qildi.

«Hilton Tashkent City» mehmonxonasining konferensiyalar zalida bo’lib o’tgan taqdirlash marosimida mukofotga loyiq topilgan har bir jurmalist va bloggerning ismi tushurilgan «Aloqabank tanlovi» haykalchasi va bank rahbariyatining sovg’alari topshirildi. Shuningdek, ular UzCard to’lov tizimlari va MIR Milliy to’lov kartlari infratuzilmasi (O’zbekiston, Rossiya, Armaniston, Belorusiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkiyada) to’lov qobiliyatiga ega so’nggi Aloqabank kartalarining birinchi egalariga aylandilar.

«Aloqabank Tanlovi» birinchi mukofoti sovrindorlari: Abdulin Timur (Repost.uz), Abdurahmonov Abdug’ani (Xabar.uz), Asqarov Maqsud (Kun.uz), Atadjanov Azamat (Gazeta.uz), A’lamov Umidjon (Daryo.uz), G’afurov Umid (Troll.uz), Dinara Ziyaeva (Spot.uz), Sasha Ivanyujenko (Insider.uz), Lola Islomova (Anhor.uz), Nikita Makarenko (Effekt Makarenko), Aleksandr Suchkov (Infocom.uz), Andrey Teshaev (Podrobno.uz), Umarov Anvar (Uzdaily.com), Xidirov Qobil (davletovuz) va Xushnudbek Xudoyberdiev (Xushnudbek.uz).

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq