Xalq ta’limi raqamlarda: umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni
26.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni 6.119.440 nafarni, shundan 3.150.969 nafari o‘g‘il bolalar va 2.968.471 nafari qizlarni tashkil etdi.

Raqamlar taqqoslanganda, 2018-2019 o‘quv yilida mamlakatimiz maktablarida 5.821.861 o‘quvchi, jumladan 2.981.745 nafar o‘g‘il bola va 2.840.116 nafar qiz bolalar ta’lim olgan.

Eng ko‘p maktablar Samarqand (1245 ta), Qashqadaryo (1144 ta) va Farg‘ona viloyatida (942 ta) faoliyat yuritadi.

O‘quvchilar soni bo‘yicha ham aynan shu hududlar yetakchilik qilmoqda: Samarqand viloyatida — 719.684 nafar, Farg‘ona viloyatida — 660.780 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida — 627.328 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Eng kam maktablar Navoiy (364 ta) va Sirdaryo viloyatida (309 ta) faoliyat olib bormoqda. Mazkur hududlarda, ya’ni Navoiy viloyatida 178.060 va Sirdaryo viloyatida 155.981 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Toshkent shahrida 307 ta maktab mavjud bo‘lib, unda 436 048 nafar o‘quvchi bilim olmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq