“Afsonaviy xalq qahramonlari” turkumiga bag‘ishlangan “To‘maris” nomli pochta markasining chiqarilishi haqida
26.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 20-dekabrdan “Afsonaviy xalq qahramonlari” turkumiga bag‘ishlab, “To‘maris” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi. Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan.

Pochta markasida massagetlar qabilasining malikasi To‘maris tasvirlangan. U dono, jasur va hukmron ayol bo‘lgan. To‘maris — Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Uning hukmdorligi ostida tuzilgan yengilmas armiya qayta-qayta g’alaba qozonishga musharraf bo‘lgan. To‘maris ozodlik va mustaqillik timsoli hisoblanib, uning nomi bugungi kungacha adabiyotda va san’atda kuylanib kelmoqda va u afsonaga aylangan.

Pochta markasi va blok bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 110×87 mm. Pochta markaning adadi 5 ming nusxa. Farmonov S. — rasmi, Sulaymanov U. — dizayni.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

№ 1410

1410. “To‘maris” Nominali — 9200 so‘m.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq