Yandeks Toshkentda yil davomida tirbandliklar qanday o‘zgarganligini aniqladi
25.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019- yil yanvarda Yandeks O‘zbekistondagi tirbandliklarni ko‘rsata boshlagandi. 11 oy o‘tgach, kompaniya yil yakunlarini chiqardi va O‘zbekiston poytaxtida yo‘llarning yuklanganligi qanday o‘zgarganligiga aniqlik kiritdi.

Tirbandliklarning o‘rtacha ko‘rsatkichi avgustdagi 4,5 baldan aprel oyidagi 5,8 balgacha o‘zgardi. Avtomobilchilar uchun eng qulay palla yoz bo‘ldi, eng og‘ir oy esa aprelga to‘g‘ri keldi, o‘shanda ertalabki tirbandliklarning 7 ballik bahorgi cho‘qqisi kuzatildi.

Apreldan keyin tirbandliklar avgustgacha (avgust davomida ham) oydan-oyga kamaydi, o‘quv yili boshlanishi bilan yana o‘sishga o‘tdi: avgustga nisbatan, sentyabrda tirbandliklar ertalablari qariyb bir yarim balga va kechqurunlari salkam bir balga o‘sdi. Chunonchi, 4 sentyabrda ertalabki va kechqurungi tirbandliklar 7 balni tashkil qildi – mana shu darajani tirbandliklar butun sentyabr oyida saqlab turdi.

Oktyabr oyida shahar bo‘ylab harakatlanish yana ham qiyinlashdi – ayniqsa kechuqurunlari, tig‘iz soatlarda tirbandliklar 8 balgacha yetdi. Shu bilan birga, ertalabki tig‘iz soatlar, ana’anaga ko‘ra, oqshomga qaraganda kamroq tirband bo‘ldi – 7 baldan biroz kam. Lekin istisnolar ham kuzatildi, masalan, 25 noyabr tongida, havoning sovishi tufayli, tirbandliklar yarim yillik rekordni yangilab, 9 balga chiqdi.

Dam olish kunlari Toshkentda harakatlanishdagi qiyinchiliklar ish kuniga qaraganda kamroq kuzatiladi. Bunda ertalabki tig‘iz soat shanba va yakshanbada deyarli sezilmaydi, kechqurungisi esa – saqlanib qoladi. Chunonchi, noyabrda kechqurungi tirbandliklar shanba kuni 7 balga va yakshanba kuni 6 balga yetgan.

O‘zbekistondagi tirbandliklar ballari Yandeksning bir nechta servislarida mavjud: Yandeks.Navigator, Yandeks.Xaritalar, Yandeks ilovasi va yandex.uz bosh sahifasi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq