Toshkentda talabalar insonning his-tuyg‘ularini ochadigan dasturini namoyish etdilar
25.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkentdagi Inha universitetining to‘rtinchi kurs talabalari Abdulloh Asqarov, Shaxobiddin O‘rmonov, Sardor Ibroximov, Bedilbek Hamidov, Eldor Abduxamidov va Sherzod Niyozov va professor Frensis Tay boshchiligida C-Vision noyob sun’iy ko‘rish tizimini yaratdilar, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.

«Dastur odamning qarashini aniqlaydi, uning his-tuyg‘ularini taniydi va ushbu ma’lumotlarni, masalan, real vaqtda ma’ruzachining ma’ruzasi bilan taqqoslaydi. Ushbu xizmat ma’ruzaning har soniyasida tinglovchilar tomonidan idrok etish yoki sezmaslik darajasini belgilaydi», — deydi talaba Abdullox Asqarov.

Ishlab chiqaruvchilarning xabariga ko‘ra, dastur mobil hisoblanib u mutlaqo turli: ta’lim, xavfsizlik, reklama va shunga o‘xshash sohalarda ishlatilishi mumkin.

«Dastur kata tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlatilishi ham ko‘zda tutilgan. Masalan, bir necha soniya ichida xizmat hissiyotlarni taniy oladi va tahlil qiladi, natijada sport stadionida, konsert zalida minglab odamlarning niyatlarini aniqlab bera oladi. Dastur salbiy his-tuyg‘ularga ega odamlarni aniqlaydi va ularni alohida klasterga joylashtiradi. Bu xavfsizlik xodimlarining ishini ancha yengillashtiradi», — deydi ishlab chiqaruvchilar.
Bundan tashqari, ta’lim sohasida qo‘llash mumkin bo‘lib u talabalarning ma’ruza / dars jarayonida qanchalik qiziqish bilan ishtirok etayotganini aniqlaydi.

«Bizning sun’iy intellect professori, professor Frensis Tai No ushbu dasturni yaratishda bizni ilhomlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat nazariyani o‘rganish kerak, balki uni hayotda qo‘llashni taklif qildi. Biz – kurs loyihasini olgach, dastlab shahar ko‘chalarida videokuzatuv xizmatini yaratishga qaror qildik. Ammo rivojlanish jarayonida ushbu dastur juda mobil bo‘lib, turli sohalarda osonlikcha qo‘llanila boshladi. Biz buni reklama agentliklariga ham tavsiya etamiz. Shuningdek, agar siz ko‘chalarga kameralar o‘rnatadigan bo‘lsangiz, dastur orqali shahar aholisining umumiy hissiy holatini kuzatishingiz mumkin», — deya qo‘shimcha qildi ishlab chiquvchilar.

Ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o‘zlarining ijobiy harakatlari bilan Varshavada bo‘lib o‘tgan Microsoft Thenext AIGuardians-2019 xalqaro sun’iy intellect tanlovining final bosqichida ishtirok etdilar. O‘zbekistonlik dasturchilar bunday tanlovda birinchi marotaba ishtirok etib, uning g‘olibiga aylandilar. Bundan tashqari, xuddi shu loyiha bilan talabalar Google TakeOff-2019 xalqaro startap tanlovida ishtirok etib, eng yaxshi 50 talik loyihadan joy egalladilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq