Odnoklassniki bayramona “Klass!” tugmasi hamda neyrotarmoqdan shaxsiy multfilm joriy etdi
25.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i Yangi yil bayrami munosabati bilan bir necha bayramona servislar joriy etdi.

Bunda “Klass!” tugmasi bayramona ko‘rinishga ega bo‘ldi, ijtimoiy tarmoqning avtorizatsiya sahifasida ertakka oid illyustratsiya joylashtirildi, OK logotipi esa ertakka oid animatsiya bilan o‘zgarib boradi. Shuningdek, foydalanuvchilar Yangi yil munosabati bilan neyrotarmoq orqali qahramonlari ularning yaqin do‘stlari bo‘lgan shaxsiy multfilmga ega bo‘ladilar.

Dekabrning ikkinchi yarmida OK foydalanuvchilari yangiliklar tasmasida yangi yil tabrigi yozilgan videoyozuvga ega bo‘ladilar: “Videoni olish” tugmasini bosgan holda foydalanuvchi Yangi yilga tabrik videoxatini olish istagini tasdiqlaydi va ushbu tabrikni do‘stlari va yaqinlari bilan ulasha oladi.

Bunda profil egasi va uning yaqin do‘stlari Qorbobo va o‘rmon jonivorlari sifatida videoda ishtirok etadilar. Ijtimoiy tarmoq algoritmlari foydalanuvchining uch nafar do‘stini ular bir-biri bilan o‘zaro qanchalik faol aloqa qilgani, ya’ni xabarlar yozgani, sharh qoldirgani, shaxsiy e’lonlar, fotosuratlar va videoga “klass” qo‘ygani asosida avtomatik tarzda aniqlaydi.

So‘ngra neyrotarmoq videorolik qahramonlarini ularning OK fotoalbomlaridagi fotosuratlarini tahlil qilib, yuzi aks etgan eng chiroyli fotosuratlarni tanlaydi va ularni avtomatik tarzda kadrlashtirib, multfilmga tegishlicha joylashtiradi. Agar foydalanuvchining fotoalbomida yuzi aks etgan fotosurat topilmasa, uning qahramoni neytral solingan portretlarga ega bo‘ladi.

Odatiy “Klass!” tugmasi yangi yil munosabati bilan qor uchquniga ega qizil qo‘lqopga aylanadi: bunda foydalanuvchilar ilgari qo‘ygan barcha “Klass!” baholari bayram vaqtida bayramona ko‘rinishga ega bo‘ladi.

31-dekabrdan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqning yuqori qismidagi menyusida OK logotipi har bir foydalanuvchi uchun kuniga bir marta animatsiya bilan o‘zgaradi. OKning mobil versiyasida hamda iOS va Android ilovalarida 2020-yilning bosh siymosi sharafiga kulrang sichqoncha joy oladi.

Yangi yil kayfiyati foydalanuvchilarga OK tashqarisida ham hamroh bo‘lib borishi uchun ijtimoiy tarmoq illyustratorlari kompyuter va mobil moslamalaridagi ish stoli uchun Yangi yilga oid gulqog‘ozlar tayyorlab qo‘ydilar. Ularni bu yerda yuklab olish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq