2019-2020 yillarda “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasi holati va rivojlantirish istiqbollari
24.12.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

24-dekabr kuni Aloqa tarixi muzeyida “2019-2020 yillarda “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasi holati va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanini o‘tkazishdan maqsad, “O‘zbektelekom” AKning 2019-2020 yillarda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va Hukumat qarorlari bajarilishi to‘g‘risida jamoatchilikni, mamlakatimizda faoliyat yurituvchi operator va provayderlarni, “O‘zbektelekom” AK hamkorlarini hamda yurtimizning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillarini xabardor qilishdan iborat.

2018-yil 30-noyabrda bo‘lib o‘tgan anjumanda, 2018-yil yakunida O‘zbekistonning tashqi internet kanalini o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10 barobarga oshirilganligi va bugungi kunda 1 200 Gbit/s ni tashkil qilishi haqida xabar berilgan edi. Bu bilan O’zbekistondagi barcha provayder va operatorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli sharoit yaratilgan.

2019-yil davomida Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operator va provayderlar uchun tashqi kanalga ulanish tariflari narxi 1 Mbit/s uchun 85 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha (17%ga) arzonlashtirildi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa mazkur tarif 56 ming so’mgacha (20% ga) pasayishi kutilmoqda.

Bularning barchasi O‘zbekistonda Internet xizmatlariga tariflarning o‘rtacha 4 baravarga arzonlashganini, xususan simli Internet tezligi butun O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun deyarli ikki baravarga oshganini ko‘rsatadi.

Ayni paytda “O‘zbektelekom” AK aholi uchun eng katta tezlikda, ya’ni 100 Mbit/s tezlikka ega bo‘lgan tarif rejasini taqdim etmoqda, bu ko’rsatkichni o‘tgan davr bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, eng katta tezlikdagi tarif rejasida internet tezligi 20 Mbit/s dan oshmaganligini hamda aholi uchun xizmatlar tezligi 5 barobarga oshirilganligini ko’rish mumkin. Shu bilan birga joriy yil davomida internet narxi 3,5 baravardan ziyodga kamaygan.

Abonentlarni ADSL texnologiyasidan optik tolali aloqa liniyalari (FTTx va GPON) yoki yuqori tezlikdagi VDSL texnologiyasi orqali xizmatlardan foydalanishga qayta ulanishga jalb etish uchun turli xildagi aksiyalar o‘tkazilmoqda va mazkur aksiyalar doirasida abonent qurilmasi 99,9% chegirma asosida bepul 100 m kabel bilan birga taqdim etilmoqda.

Shuningdek, Kompaniyaning ijtimoiy loyihalarda ham ishtirok etayotganini ta’kidlash joiz. Masalan, 2019 yilda “O‘zbektelekom” AK xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalariga 3 500 km dan ziyod optik liniyalari qurish orqali yuqori tezlikdagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratib berdi.

“O‘zbektelekom” AK tomonidan, abonentlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, kalendar oyining birinchi kuniga bog‘lanmagan holda, oyning istalgan kunida Internet xizmatlari abonent to‘lovini amalga oshirish uchun yangi tartib joriy etildi.

Rossiya federatsiyasining ivi kompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbektelekom” AK har qanday qulay qurilmada tomosha qilish imkoniga ega, 80 mingdan ortiq filmlar, multfilmlar va seriallarni o‘z ichiga olgan katta katalog mavjud bo’lgan onlayn-kinoteatr xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha noyob loyihani ishga tushirdi.

Milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish doirasida “Uz-IX” piring tarmog‘ini yaratish loyihasi amalga oshirildi, natijada dunyoning mashhur Internet resurslari va portallarini lokalizatsiya qilish va yuqori sifatli milliy tarkibni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Speedtest.net veb xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida da mobil va simli Internet tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Indexning oylik reytingi joriy yil noyabr oyi natijalariga ko’ra, O‘zbekistonda qayd etilgan Internet tezligi 11 pog‘onaga yuqorilagan. Mamlakatimiz umumiy reytingda dunyoning 180 ta mamlakati orasida 108-o‘rinni egalladi (11 pog‘ona yuqorida). Bu yil davomidagi eng ishonchli o‘sishdir! 2019-yil noyabr oyida O‘zbekistonda qayd etilgan Internet tezligi 2018-yil noyabr oyida qayd etilgan 9,98 Mbit/s dan (Download) 21,47 Mbit/s gacha, ya’ni ikki baravarga oshgan.

Mamlakatimiz aloqa infratuzilmasi mis liniyalardan optik tolali aloqa liniyalariga tezkor suratlarda o‘tmoqda. Shu yilning o‘zida Kompaniya tomonidan respublika bo’ylab 12 ming km dan ortiq optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazildi va bu bilan 500 000dan ortiq kishiga yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniyati taqdim etildi!

“O‘zbektelekom” AK “Uzmobile” filialining mobil aloqa xizmatlari haqida to’xtalib o’tsak, joriy yil davomida Internet-paketlar narxi uch baravarga tushganini ta’kidlash lozim. Shuningdek, ko‘p sonli abonentlar uchun mo‘ljallangan «Oddiy 10», «Ishbilarmon» tarif rejalari, abonentlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ilk marotaba kalendar oyining birinchi kuniga bog‘lanmagan «Street», «Flash» va «Royal» tarif rejalari joriy etildi. Va, albatta, CDMA standartidagi xizmatlar ham e’tibordan chetda qoldirmagan holda mazkur standart abonentlari uchun yangi tarif rejalari joriy etildi hamda Internet-paketlar yangilandi.

2019-yilda “O‘zbektelekom” AK “Uzmobile” filiali tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. 2019 yilda 3 751 dan ortiq baza stansiyalari foydalanishga topshirildi, ulardan 2 085 tasi yetib borishi qiyin bo’lgan qishloq joylarda ishga tushirildi. Natijada, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati yaxshilandi va qamrov doirasi kengaytirildi.

Rouming doirasining kengayishi ham davom etmoqda. 2019-yilda abonentlar uchun 25 ta aloqa operatorlari ishtirokidagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Bajarilgan ishlar natijasiga ko‘ra, mobil aloqa abonentlari bazasi 5 million kishini tashkil qilmoqda.

Xizmatlar sifatini hamda Internetga ulanish tezligini oshirish maqsadida, 2020-yilda qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu jumladan:

  • 2G/3G texnologiyasi bo‘yicha 3 mingdan ziyod mobil aloqa baza stansiyalarini modernizatsiya qilish, 700 dan ziyod 3G/4G texnologiyasi bo‘yicha mobil aloqa baza stansiyalarini o’rnatish;
  • Keng polosali ulanish tarmog‘ini 1 milliondan ortiq FTTx/GPON texnologiyasi portlariga kengaytirish;
  • Magistral tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 4 barobarga, ya’ni viloyat markazlarida 400 Gbit/s gacha, tuman markazlarida 40 Gbit/s gacha oshirish.
  • Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazilarini tashkil etish va kengaytirish.

“O‘zbektelekom” AK tashqi kanalning o’tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish, tezlikni oshirish va abonentlar uchun trafik narxini pasaytirish bo’yicha o’z va’dalarini faqatgina yangi tarif rejalarni kiritib emas, balki mavjud tarif rejalariga o’zgartirish kiritish orqali ham amalga oshirmoqda. 2020 yilga rejalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishi shahar va qishloq o‘rtasidagi tafovutni kamaytirib butun O‘zbekiston bo‘ylab keng polosali ulanish xizmatlarining rivojlanishi darajasini MDH mamlakatlari darajasiga etkazilishida muhim o’rin egallaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq